Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi HIQILDOQNING QAYTUVChI NERVI NEVROPATIYaSI

HIQILDOQNING QAYTUVChI NERVI NEVROPATIYaSI


(N. laryngeus recurrens)

Hiqildoqning qaytuvchi nervi ham harakat, sezgi va parasimpatik tolalardan iborat bo‘lib, bo‘yin va ko‘krak qafasi ichida joylashgan yirik qon tomirlar (arcus aortae, a. subclavia)  yonidan o‘tadi. N. laryngeus recurrens ushbu sohada joylashgan bir qancha simpatik gangliyalar va n. laryngeus superior bilan anastomozga ega. Bu nervlar qon tomir chigallarini ham innervatsiya qiladi. Shuning uchun ham angioxirurgiya va kardioxirurgiya amaliyotida bu nervlar zararlanishi uchrab turadi. Ayniqsa, aorta anevrizmasi, bo‘yin va ko‘krak qafasida o‘tkaziladigan xirurgik operatsiyalarni bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Biroq 30% holatlarda kasallik sababi aniqlanmay qoladi. Bunday paytlarda idiopatik nevropatiya haqida so‘z ketadi.
       
Kasallikning asosiy klinik belgisi – bu ovozning yo‘qolishi. Agarda bir tomondagi qaytuvchi nerv zararlansa, disfoniya, ikkala tomondagi qaytuvchi nerv ham zararlansa, afoniya rivojlanadi. Disfagiya kuzatilmaydi. Og‘riqlar ham bo‘lmaydi. Hiqildoqning yuqori nervi zararlanishi uchun kuchli og‘riqlar xos bo‘lsa (shu bois nevralgiya deyiladi), hiqildoqning qaytuvchi nervi zararlanishi uchun bunday og‘riqlar xos emas (shu bois, nevropatiya deyiladi), balki disfoniya va afoniya xos. Shu belgilarga qarab, ikkala kasallik orasida qiyosiy tashxis o‘tkazish mumkin.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив