XOTIRA NIMA-Yu, AQL NIMA?
Ko‘pchilik xotiram past deydi-yu, biroq hech kim aqlim past demaydi. Bu qiziq, albatta. Yana shunday paradoks: yosh ulg‘aygan sayin xotira pasayib, aql esa ortib boradi. Xotira faqat eslab qolish va esda saqlashdan iborat bo‘lsa, aql – insonning barcha oliy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘ta murakkab jarayon. Inson yuksak xotira egasi bo‘lishi mumkin, biroq yuksak darajada aqlli bo‘lish hammaga ham nasib qilavermaydi. Shunday bir vaziyatni tasavvur qilib ko‘ring: Deylik, qaysidir bir davlatning yoshu qarisi aqlli insonlardan iborat! Balki o‘sha xalq albatta taraqqiyotning uchinchi ming yilligini boshdan kechirayotgan bo‘larmidi. Xotirasi kuchli mingta odamdan bitta aqlli inson afzal. Chunki xotirasi kuchli odam, hatto o‘zini ham boshqara olmasligi mumkin, biroq aqlli inson nafaqat o‘zini, balki butun bir davlatni boshqaradi yoki olamshumul kashfiyotlar yaratadi. Demak, xotira bilan aqlning o‘ziga yarasha farq qiluvchi tomonlari ko‘p.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha