Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi XORAZMLIK TABIBLAR QANDAY DAVOLAShGAN? (Rivoyat)

XORAZMLIK TABIBLAR QANDAY DAVOLAShGAN? (Rivoyat)


Mahmud G‘aznaviy Buxoroga bostirib kelibdi. Ibn Sino Xorazmga ketishga shaylanibdi. Ibn Sino safarga chiqishdan oldin shogirdlari bilan xayrlashuv sabog‘ini o‘tkazibdi. Bu gal davolash turlari haqida so‘z boribdi. “Men Xorazmga – Abu Rayhon Beruniy oldiga ketayapman. Sizlarga so‘nggi ma’ruzamni o‘qimoqchi edim”, debdi. Ma’ruza so‘nggida shogirdlariga qarab, davolashning uch xil usuli bor, uni barcha tabiblar qo‘llashadi debdi. Birinchi usul – bu so‘z, ikkinchisi – giyoh va nihoyat uchinchisi – tig‘ bilan davolash deb xitob qilibdi alloma.
       
Ibn Sino bir necha yillar Xorazmda yashab, Buxoroga yana qaytibdi. U toliblarga yana ma’ruzalar o‘qiy boshlabdi. Ma’ruzalardan birida shogirdlari: “Ustoz! Xorazmlik tabiblar bemorlarni davolashda siz aytgan uchta usulning qay birini qo‘llashar ekan” deb so‘rashibdi. Shunda Ibn Sino: “Xorazmlik tabiblar davolashning yana bir usulini o‘ylab topishibdi. Ular bemorlarni soz bilan davolasharkan” debdi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
             © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив