Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi XOLMSNING TsEREBELLOOLIVAR ATROFIYaSI

XOLMSNING TsEREBELLOOLIVAR ATROFIYaSI


Etiologiyasi. Miyachaning nasliy ataksiyalari ichida eng kam uchraydigan turi bo‘lib, autosom-dominant tipda naslga uzatiladi. Patologik gen 11-xromosomada joylashgan.
      
Klinikasi. Kasallik, asosan, 40-50 yoshlarda boshlanadi. Miyacha ataksiyasi, ko‘pincha, oyoqlarda kuzatilib (tovon-tizza sinovida ataksiya), uzoq vaqt qo‘llarga o‘tmay turadi. Dizartriya ham yuzaga keladi. Kasallik belgilari birmuncha sekin rivojlanib va zo‘rayib boradi. MRT tekshiruvida miyacha chuvalchangining bir qismida va miyacha yarim sharlari po‘stlog‘ida atrofiya kuzatiladi, IV qorincha va ko‘prik-miyacha burchagi tsisternasi kengaygan bo‘ladi. Miya ustunida esa atrofiya kuzatilmaydi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив