XARAKTER


«Temperament» va «xarakter» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi. Xarakter shaxsning muhim va o‘ziga xos sifatiy tomonidir. Ayni paytda, shaxsning ayrim xususiyatlari ham xarakterga, ham temperamentga aloqador bo‘lishi mumkin. Xarakter shaxsning yo‘nalganligi, irodasi va faoliyati bilan uzviy bog‘langan. Xarakterning ko‘p sonli tasniflari mavjudligiga qaramasdan, uning umum qabul qilingan tasnifi hanuzgacha yo‘q.
       
Xarakterning xususiyatlari juda ko‘p. Uning uchun qat’iyatlilik, shijoatlilik, tirishqoqlik, vazminlik, dovyuraklik, jasorat va aksincha, jur’atsizlik, qo‘rqoqlik, qat’iyatsizlik, gumonsirash kabi xususiyatlar xosdir. Odamning individual xususiyatlarini etarlicha aks ettiruvchi xarakterning umum qabul qilingan tasnifi yo‘qligidan, odatda, xarakterga baho berish uchun kishiga xos bo‘lgan eng muhim belgilarni shunchaki sanab o‘tish kifoya. Masalan, saxiy, maqtanchoq, quvnoq, yolg‘onchi, kamsuqum, qasoskor, xasis, dovyurak, bag‘rikeng, qat’iyatli. Agar temperament tug‘ma  xususiyat hisoblanib, o‘zgarmas bo‘lsa, xarakter temperamentdan farqli o‘laroq o‘zgaruvchandir.  Xarakter shakllanishida ta’lim-tarbiya, atrof-muhit va ijtimoiy omillar katta ahamiyatga ega

Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
              ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив