Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi NORMOKALIEMIK NASLIY PAROKSIZMAL MIOPLEGIYa

NORMOKALIEMIK NASLIY PAROKSIZMAL MIOPLEGIYa


Mioplegiyaning normokaliemik turi 1961-yili Y. Poskancer, O Kerr tomonidan alohida kasallik sifatida yozib qoldirilgan. Kasallik 10 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Autosom-dominant tipda nasldan-naslga o‘tadi. Normokaliemik mioplegiya to‘satdan paydo bo‘lmaydi, balki biroz sekin rivojlanadi. Mioplegiya paytida muskullar tonusi va pay reflekslari pasayadi. Mioplegik xurujlar kuchli jismoniy mehnatdan so‘ng, spirtli ichimliklar iste’mol qilganda, sovuqda qolganda va o‘tkir stressdan so‘ng rivojlanadi. Qonda kaliy miqdori normada bo‘ladi. Xurujlar davomiyligi bir necha kundan 3 haftagacha davom etadi, ya’ni ixtiyoriy harakatlar juda sust tiklanadi. Kaliy xlorid mioplegik xurujlarni qo‘zg‘ab yuboradi.
Tashxis qo‘yish algoritmi:
  • autosom-dominant tipda nasldan-naslga o‘tishi;
  • 10 yoshgacha bo‘lgan davrda boshlanishi;
  • mioplegik xurujning sekin paydo bo‘lishi va qayta tiklanishi 3 haftagacha cho‘zilishi;
  • muskullar tonusi va pay reflekslari pasayishi;
  • xuruj paytida kaliy miqdori normada bo‘lishi;
  • xuruj paytida venadan kaliy xlor yuborilsa, xuruj kuchayishi. 
Davolash. Samarali davolash usullari hali ishlab chiqilmagan. Kuniga 8-10 g osh tuzi iste’mol qilinsa, normokaliemik mioplegik xurujlar oldi olinadi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив