NUTQNI TEKShIRISh PROTOKOLI
Sinaluvchi_________________ ; yoshi____; jinsi____; Sana_____
# | Nutq funktsiyalarini tekshirish | Bajarish | ||
To‘g‘ri (0 ball) | Noto‘g‘ri (1 ball) | Bajara olmadi (2 ball) | ||
Ekspressiv nutqni tekshirish | ||||
1 | Spontan va diologik nutq: sinaluvchiga oddiy savollar beriladi (ismingiz nima?, ahvolingiz qalay?). Sinaluvchi ularga “Ha, yoq, yaxshi, yomon” deb javob qaytaradi. | |||
2 | Avtomatlashgan nutq: sinaluvchidan 1 dan 10 gacha sanash, hafta kunlari va oylarni ketma-ket aytish so‘raladi. | |||
3 | Takroriy nutq: Quyidagilar sinaluvchiga aytiladi. Sinaluvchi ularni takrorlaydi. - unli (a,o,u,i,e,yu) va undosh (m,n,p,d,l,t,k) tovushlar; - muxolif fonemalar (b-p, p-b, d-t, t-d, z-s, s-z); - tovushli birikmalar (bi-ba-bo; ba-bo-bi; uy-tol-suv); - jumlalar (bola nonushta qilyapti, u suv ichayarti) | |||
Impressiv nutqni tekshirish | ||||
1 | Oddiy so‘zlar ma’nosini tushunish. Ko‘zingizni yuming, tilingizni chiqaring, qo‘lingizni ko‘taring. | |||
2 | Nomlarni aytish (albomga qarab). Olma, ot, limon, gul. Tana qismlarini aytish: ko‘z, qo‘l, quloq, burun, tirsak. | |||
3 | Oddiy grammatik konstruksiyalarni tushunish. O‘ng qo‘lingizni ko‘taring, chap qo‘lingiz bilan o‘ng ko‘zingizni ko‘rsating. | |||
4 | Murakkab grammatik konstruksiyalarni tushunish. Kalam yordamida kitobni ko‘rsating, sochiqni yostiqning tagiga qo‘ying, piyolani chap qo‘lingiz bilan olib o‘ng tomonga qo‘ying. Lola Karimdan oqroq, demak kim qora. Onasining singlisi unga kim bo‘ladi? Akasining otasi ukasiga kim bo‘ladi? | |||
Ballar yig‘indisi | ||||
Eslatma: Tekshiruv paytida sinaluvchini shoshirmang, xatosini ko‘rsatavermang va javoblar orasida pauza saqlang, gohida rag‘batlantirib turing. |
Tekshiruv xulosasi:
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha