Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Fassikulyatsiya va fibrillyatsiyalar

Fassikulyatsiya va fibrillyatsiyalar


Atrofiyaga uchrayotgan muskulda fibrillyatsiya va fassikulyatsiyalar kuzatiladi. Muskul tolalari tebranishiga fibrillyatsiya, muskul tutamlari tebranishiga fassikulyatsiya deyiladi. Bu tebranishlar normada kuzatilmaydi.
Fibrillyatsiya va fassikulyatsiyalarning mavjudligi periferik motoneyron ta’sirlanishidan darak beradi. Atrofiyaga uchrayotgan muskullarga bolg‘acha bilan urib fibrillyatsiya va fassikulyatsiyalarni oson chaqirish mumkin. Oldingi shox patologiyasi uchun fibrillyar, oldingi ildizcha patologiyasi uchun fassikulyar tebranishlar xos. Chunki oldingi shoxda periferik motoneyronlar biroz yoyilib joylashgan, oldingi ildizchada esa tolalar zich joylashib o‘tgan.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi  
                © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив