FIDOYI INSON


Ham insoniylik fazilatlari, ham haqiqiy ustozga xos bo‘lgan xislatlarni o‘zida mujassam etgan bu shaxs Mels Qobulovdir. Men aynan ular haqida yozayotganimdan, kitobxon bu insonni nevrolog yoki neyropsixolog olim bo‘lsa kerak, deb o‘ylamasin. U onkolog-xirurg. Boz ustiga Mels Qobulovich Toshkentda emas, balki Nukusda yashaydi. Qoraqalpog‘istonda onkologiya yo‘nalishi asoschisi hisoblanadi. Mening bu inson bilan tanishganimga ham ko‘p bo‘lmadi. Biroq bu kishi buyuk ustoz, mohir shifokor va o‘ta oqil tashkilotchi sifatida mening qalbimni egallab oldi.
       Nukusga nevrologiya va tibbiy psixologiya bo‘yicha vrachlar va talabalarga ma’ruza o‘qishga borganimda bu inson haqida iliq va ehtirosli so‘zlarni ko‘p eshitdim. Mels Qobulov tibbiyotdagi 50 yildan oshiq ish faoliyatida biron marotaba “Men charchadim. Sizning kasalligingiz menga taalluqli emas yoki boshqa kuni keling” kabi iboralarni ishlatmagan. Mels Qobulov katta lavozimlarda ishlasa-da, har doim o‘ta kamtar bo‘lib qolganlar. Men ularning uylarida qisqa muddat mehmon bo‘ldim. Etmish to‘rt yoshni qoralagan bu insonni tinch qo‘ymay qo‘ng‘iroqlar bo‘laverdi. Bularning kasbiga aloqasi bo‘lmagan bemorlar ham aynan Mels Qobulov ko‘rib qo‘yishini istab, uning uyiga tashrif buyurishardi.
       Qadimdan shifokorni yonib turgan shamga o‘xshatishgan, u yonib tugaguncha atrofga nur taratib turadi. Bunday iboralar Mels Qobulovga o‘xshagan fidoyi insonlar uchun yaratilgan. Insonlarga sog‘liq va yaxshilik ulashishda hech tolmang, USTOZ.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив