FIShER SIMPTOMI
Ichki uyqu arteriyasi trombozining yaqqol belgilaridan yana biri – qarama-qarshi tomondagi quloqda shovqin paydo bo‘lishi. Masalan, chap tomonda ichki uyqu arteriyasining o‘tkir trombozi kuzatilsa, o‘ng tomonda bosh yoki quloqda g‘uvillagan tovush eshitiladi. Buning sababi – o‘ng tomondagi ichki uyqu arteriyasida qon oqishi tezligining kuchayishidir. Bu holat Fisher simptomi deb ataladi. Agar shovqin paydo bo‘lgan tomondagi uyqu arteriyasi biroz bosilsa, shovqin pasayadi yoki yo‘qoladi. Ba’zan sog‘lom tomondagi ichki uyqu arteriyasini bosish subyektiv nevrologik simptomlarning zo‘rayishiga sababchi bo‘ladi, ya’ni bosh aylanishi kuchayib, bemor hushidan ketib qoladi. Shuning uchun ushbu sinovlarni ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak. Ushbu shovqinni stetoskopni ko‘zning ustiga qo‘yib eshitsa ham bo‘ladi. Ba’zan ichki uyqu arteriyasi trombozida shovqin nafaqat qarama-qarshi tomonda, balki tromboz ro‘y bergan tomonda ham kuzatiladi. Biroq uni aniqlash biroz qiyin.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha