Fokal ruhiy hurujlar


Fokal ruhiy xurujlar – ruhiy paroksizmlar bilan kechuvchi xurujlar. Xuruj paytida bemorning ruhiyati va xulq-atvori to‘satdan o‘zgarib qoladi. Unda uyqusimon holat, illyuziya, gallyutsinatsiya, derealizatsiya va depersonalizatsiya holatlari vujudga keladi. Bemorning kayfiyati birdan tushib ketadi, sababsiz urisha boshlaydi, o‘zini agressiv tutadi va ma’nosiz harakatlar (qiliqlar) qiladi. Ushbu affektiv buzilishlar qisqa muddat davom etadi va bir necha daqiqa ichida o‘tib ketadi. Ammo bemorda disforiya holati bir necha soatgacha saqlanishi mumkin. Oddiy fokal xurujlar ba’zida murakkab fokal xurujlar yoki ikkilamchi-tarqalgan xurujlarga o‘tadi. Bunday paytda oddiy fokal xuruj belgilari aura hisoblanadi.

Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              ©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив