Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Fokal epileptik xurujlar

Fokal epileptik xurujlar


Fokal vegetativ xurujlar – vegetativ paroksizmlar bilan namoyon bo‘luvchi xurujlar. Ular epileptogen o‘choq chakka bo‘lagining mediobazal sohasida joylashganda ko‘p kuzatiladi. Bu sohada limbik sistema tuzilmalari joylashgan. Xuruj paytida to‘satdan kuchli taxikardiya, kardialgiya, nafas olishning tezlashuvi, yuzning oqarib yoki qizarib ketishi, og‘iz qurishi, midriaz, qon bosimning oshib yoki tushib ketishi, epigastral sohada og‘riqlar, siyishga qistovning paydo bo‘lishi, chanqash va och qolish kabi vegetativ paroksizmlar paydo bo‘ladi. Xuruj paytida bemorning yuzi xuddi qo‘rqqan odamning yuzini eslatadi. Xurujlar 2-3 daqiqa davom etadi. Fokal vegetativ xurujlar mezotemporal epilepsiyaning (medial tipdagi chakka epilepsiyasi) asosiy klinik simptomlari hisoblanadi.
Fokal vegetativ xurujlar tibbiy amaliyotda har doim ham to‘g‘ri aniqlanavermaydi va ko‘pincha, “gipotalamik sindrom”, “vegetativ-tomir distoniyasi”, “paroksizmal taxikardiya” tashxislari qo‘yiladi. Natijada bemorga antikonvulsantlar emas, balki vegetotrop dorilar buyuriladi. Ba’zi vegetotrop dorilar epileptogen o‘choqni qo‘zg‘ab yuboruvchi xususiyatga ega. Fokal vegetativ xurujlar ba’zida katta tutqanoq xurujlariga o‘tadi. Bunday paytlarda vegetativ buzilishlarga vegetativ auralar sifatida qaraladi. Ushbu epileptik xurujlar vegetativ auralar bilan boshlanuvchi ikkilamchi-tarqalgan epilepsiya xurujlari toifasiga kiradi.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              ©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив