RASMUSSEN SINDROMI


1958-yili T. Rasmussen tomonidan yozilgan. Ushbu sindrom surunkali tarzda kechuvchi fokal mioklonik xurujlardan iborat bo‘lib, 10 yoshgacha bo‘lgan davrda uchraydi. Kasallik virusli entsefalit o‘tkazgan bolalarda rivojlanadi. MRT tekshiruvlarida virusli entsefalitga xos belgilar, ya’ni kulrang va oq modda atrofiyasi aniqlanadi. Ushbu kasallikda ham miokloniyalar nevrologik buzilishlar aniqlangan tomonda kuzatiladi. Shuningdek, gemianopsiya, afaziya va psixik buzilishlar ham vujudga keladi. Aniqlangan nevrologik va psixik buzilishlar zo‘rayib boruvchi xususiyatga ega. EEG da har doim lokal epileptik faollik aniqlanadi. Antikonvulsantlar kam yordam beradi yoki befoyda. Aksariyat mutaxassislar Kojevnikov epilepsiyasi bilan Rasmussen sindromini bitta kasallik deb hisoblashadi. Rasmussen sindromini “zo‘rayib boruvchi surunkali entsefalit” yoki Kojevnikov epilepsiyasining bolalarda uchraydigan bir turi, deb ham hisoblashadi.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma. Toshkent, 2018., 128 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив