Reflektor dermografizm
To‘g‘nog‘ichning o‘tkir uchi bilan teriga chizib chaqiriladi. Bunga javoban biroz kengaygan qizil chiziq paydo bo‘ladi (12.5 b rasm). To‘g‘nog‘ichni kuchli bosish tavsiya etilmaydi! Reflektor dermografizmni tekshirish orqali spinal vegetativ tuzilmalar holati o‘rganiladi. Periferik kapillyarlar kengayishi uchun javob beradigan spinal vegetativ markazlarning organik zararlanishida reflektor dermografizm chaqirilmaydi. Kuchli vegetativ disfunktsiyada chizilgan joy ortiqcha qizarib bo‘rtib qoladi va uzoq saqlanadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha