Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Reflekslar o‘zgarishi

Reflekslar o‘zgarishi


Reflekslar turli kasalliklarda o‘zgaradi. Refleks pasayishiga giporefleksiya, oshishiga giperrefleksiya, so‘nishiga arefleksiya deyiladi. Agar bir tomondagi refleks ikkinchi tomondagi refleksga qaraganda balandroq chaqirilsa, u holda anizorefleksiya haqida so‘z boradi.

Markaziy falajlikda pay reflekslari (shu jumladan, periostal reflekslar) oshadi, periferik falajlikda esa pasayadi yoki yo‘qoladi. Miya insultida reflekslar oshishi va polinevropatiyada pasayishi bunga misol bo‘la oladi. Qaysi refleks o‘zgarganiga qarab MNS va PNS da patologik o‘choq topografiyasi oson aniqlab olinadi. Buning uchun reflektor yoy tutashgan segmentni yaxshi bilish kerak.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
                © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив