Romberg sinamasi
Bemorni tik turg‘izib tekshiriladi. Ushbu sinamani tekshirayotganda oyoq panjalari bir-biriga tegib turishi, ikkala qo‘l oldinga uzatilishi va bosh tik ushlab turilishi kerak (7.3 (a,b-rasm).
Agar chayqalib ketish kuzatilsa, Romberg sinamasi musbat, chayqalmay to‘g‘ri tursa – manfiy deb yoziladi. Ushbu sinama dastlab ko‘zlar ochiq holatda, so‘ngra yumuq holatda tekshiriladi. Sensitiv ataksiyadan farqli o‘laroq, miyacha ataksiyasida ko‘zlarni yumush ataksiyani kuchaytirmaydi, ya’ni ko‘z ochiq holatda bo‘lsa ham, yumuq holatda bo‘lsa ham bemor chayqalaveradi (7.3 (b)-rasm).
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha