OKULOFARINGEAL MIODISTROFIYa
Nasldan-naslga autosom-dominant tipda o‘tadi. Genetik nuqson 14-xromosomada (14q11.2–q13) joylashgan. Kasallik o‘rta yoshlarda boshlanadi. Dastlab ko‘z atrofidagi muskullar ozadi va yarimptoz rivojlanadi. Keyinchalik ko‘zni harakatlantiruvchi muskullar butunlay falajlanadi. Shuningdek, mimik va bulbar muskullar ham zararlanadi. Kam hollarda qo‘l va oyoqlarning proksimal muskullari atrofiyaga uchraydi. Qonda KFK miqdori oshadi. EMG da muskullarning birlamchi atrofiyasi aniqlanadi. Kasallikni miasteniya va miotonik distrofiyalar bilan qiyoslashga to‘g‘ri keladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha