Oktsipital nevralgiya


Ensaning katta nervi – S2 nervning yirik tarmog‘i hisoblanadi. Uning patologiyasi ko‘p uchraydi. Asosiy etiologik omillar – bular infektsiya, osteoxondroz, spondiloartrit va travmatik jarohatlar. N.  occipitalis mayor yuqoriga yo‘nalib, ensaning tashqi do‘ngligi yonida trapetsiyasimon muskul payini teshib o‘tadi va mayda shoxchalarga bo‘linadi. Uning shoxchalari ensa va tepa sohalari terisini innervatsiya qiladi. Bu nerv zararlanishi ensaning katta nervi nevralgiyasi deb ataladi.
Kasallik klinikasi, asosan, boshning ensa va tepa sohalarida xurujsimon sanchuvchi og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi. Og‘riqlar shamol tekkanda, boshni yon tomonlarga burganda va oldinga engashtirsa kuchayib ketadi. Shuning uchun bemorlar boshini qimirlatmasdan, uni biroz orqaga va zararlangan yon tomonga og‘dirib turadi. Og‘rigan nuqtani aniqlash uchun so‘rg‘ichsimon o‘simta va tashqi ensa do‘ngligi orasidan o‘tuvchi chiziqning o‘rtasini (nerv chiqadigan joy) bosib tekshirish kerak.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив