Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Oral avtomatizmi reflekslari

Oral avtomatizmi reflekslari


Peshona bo‘lagining motor yadrolari va ulardan boshlanuvchi kortikonuklear yo‘llar ikki tomonlama zararlanishida paydo bo‘ladi. Unga Marinesku-Rodovich, xartum va nazo-labial reflekslar kiradi.
  • Marinesku-Rodovichning kaft-iyak refleksi. Kaftning tenar sohasiga to‘g‘nog‘ich bilan chizib-chizib chaqiriladi. Bu paytda iyak muskullari o‘sha tomonda va kam holatlarda, qarama-qarshi tomonda qisqaradi.
  • Xartum refleksi. Nevrologik bolg‘acha bilan ustki labga sekin uriladi. Bunga javoban lablar cho‘chchayadi. Ba’zida bolg‘achani bemorning lablariga yaqinlashtirishning o‘zi kifoya. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda ushbu refleks fiziologik hisoblanadi. V.M. Bexterev tomonidan yozilgan.
  • Nazo-labial refleks. Nevrologik bolg‘acha bilan qansharga urilganda lablar cho‘chchayadi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda bu refleks fiziologik hisoblanadi. M.I. Astvatsaturov tomonidan yozilgan.


Manba:   © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi   
               © asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив