OPTIKOENTsEFALOMIELIT
Optikoentsefalomielit – bosh miya, orqa miya va ko‘ruv yo‘llarining birgalikda zararlanishi. Markaziy tipda harakat va o‘tkazuvchi tipda sezgi buzilishlari kuzatiladi va ularning qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishi patologik jarayonning qaysi sohada joylashganiga bog‘liq. Kasallikning bu turida ko‘ruv nervlari zararlanishi yaqqol namoyon bo‘ladi, ya’ni bemorning ikkala ko‘zida ham ko‘rish pasayib, amavrozga o‘tadi. Oftalmologik, nevrologik va paraklinik tekshiruvlar ko‘ruv nervlari diski dimlanishi, ko‘ruv nervlari atrofiyasi, ba’zida ko‘ruv yo‘llarining po‘stloqqacha bo‘lgan qismi demielinizasiyasini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu bemorlarda gemianopsiya va skotomalar ko‘p uchraydi. Demak, kasallikning ushbu turi uchun optik buzilishlar juda xos.
O‘TEM ning bu turida spinal tipdagi harakat va sezgi buzilishlari tserebral tipdagi buzilishlardan ustunlik qiladi: ko‘proq spastik tetraparez va o‘tkazuvchi tipdagi sezgi buzilishlari kuzatiladi. Demak, mielitik simptomlarning ustunlik qilishi va doimiy ravishda optik buzilishlar kuzatilishi optikoentsefalomielit uchun juda xos.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha