Optiko-gemiparetik sindrom
Agar tromboz ko‘z arteriyasi (a. ophthalmica) boshlanadigan joydan pastda yoki yonida ro‘y bersa, zararlangan tomonda ko‘rishning keskin pasayishi yoki yo‘qolishi, qarama-qarshi tomonda esa gemiparez kuzatiladi. Bu holat optiko-gemiparetik sindrom deb ataladi. Tromboz ro‘y bergan joyda tomirni auskultatsiya qilib ko‘rsa, uning urishi pasaygan bo‘ladi. Shuningdek, tromboz kuzatilgan tomonda mioz, retinal bosimning tushib ketishi va kalla suyagi perkussiya qilib ko‘rilganda og‘riq ham seziladi. O‘sha tomonda supraorbital nuqtani bosib tekshirganda og‘riq paydo bo‘ladi.
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2013., 193 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha