Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi MUSKULI KUChLI BO‘LSA, RUHIYaTI HAM KUChLI BO‘LADIMI?

MUSKULI KUChLI BO‘LSA, RUHIYaTI HAM KUChLI BO‘LADIMI?


Afsuski, yo‘q! Har doim ham emas. Shuning uchun ham dono xalqimiz “Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni” deb bejiz aytmagan. 1000 bilan 1 orasidagi farq – naq ming barobar! 
       Menga bir tanishim o‘z o‘g‘lidan shikoyat qilib qoldi: “O‘g‘limni baquvvat bo‘lsin deb bir necha yil oldin sportga beruvdim. Jismonan baquvvat yigit bo‘ldi. Chiroyli gavdasiga qarasang havasing keladi, muskullari bo‘rtib-bo‘rtib turadi. Biroq... Biroq asabi juda tarang, ruhiyati ojiz, dunyoqarashi tor, muomala madaniyati yo‘q. Anavi kuni qattiq koyigan edim, yosh bolaga o‘xshab yig‘lab yubordi. Nega? Men unga hazilomuz shunday javob berdim: Sport muskulni chiniqtirib gavdani kengaytirsa, kitob ruhiyatni chiniqtirib fikrlash doirasini kengaytiradi va asabni mustahkam qiladi. Agar o‘g‘lingizni bolaligidan badiiy kitoblar mutoala qilishga o‘rgatganingizga edi, u ham ruhan, ham jismonan baquvvat bo‘lur edi.
        Ba’zi sportchilarimiz shahar, Respublika va hatto dunyo miqyosida bilagining kuchi bilan katta sovrinlarga ega bo‘lib yurtiga qaytib keladi-yu, yoshlarga o‘rnak bo‘lish o‘rniga turli janjal va pichoqbozlikka qo‘shilib qolib butun mamlakatga sharmanda bo‘ladi yoki tungi klubdan boshi chiqmaydi. Chunki ruhiyat ojiz, miyada aql-farosat yo‘q. 
       Biz sportning ruhiyatga a’lo darajada ijobiy ta’sir qilishi haqida ushbu kitobda ham yozganmiz. Doimiy sport bilan shug‘ullanadiganlar nevroz va depressiyaga kam chalinishadi, yuragi sog‘lom bo‘ladi. Etti yoshdan etmish yoshgacha sport bilan muntazam shug‘ullansa, shifoxonalarda bemorlar soni keskin kamaygan bo‘lar edi. Biroq professional sport bilan shug‘ullanadiganlar nafaqat muskulini chiniqtirish, balki asabini ham chiniqtirish, ruhiyatini mustahkam qilish va aql-farosatli bo‘lish borasida ham yoshligidan o‘ylab ko‘rishsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lur edi. Ba’zi chempionlar orasida qo‘liga umuman kitob ushlab ko‘rmagan, tarjimai holini ham yoza olmaydigan anchagina bo‘lsa kerak. Men ularga avval asab va ruhiyatni chiniqtiring, so‘ngra muskullarni chiniqtirasiz degan bo‘lar edim. Bosiqlik, bosiqlik va yana bir bor bosiqlik – har qanday sportchi uchun go‘zal hulqdir.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив