Miyacha o‘smalari


Miyacha o‘smalari uchun xos bo‘lgan asosiy simptomlar – bular miyachaning zo‘rayib boruvchi simptomlari, ya’ni ataksiya, adiodoxokinez, dismetriya, muskullar gipotoniyasi. Bularning ichida ataksiya yaqqol ifodalangan simptom bo‘lib, u juda katta diagnostik ahamiyatga ega. Miyachaning sekin o‘suvchi o‘smasida bemor uzoq vaqt mast odamga o‘xshab gandiraklab yuradi. O‘sma miyachaning chap yarim sharida joylashsa, bemor chap tomonga chayqalib yiqiladi, dismetriya va muskullar gipotoniyasi chap tomonda aniqlanadi, o‘sma miyachaning o‘ng yarim sharida joylashsa, ushbu simptomlar o‘ng tomonda paydo bo‘ladi. Miyacha simptomlarining bir tomonlama namoyon bo‘lishi miyacha yarim sharlari o‘smasi uchun xosdir. Miyacha chuvalchangi o‘smasida statik ataksiya kuzatiladi va nevrologik simptomlar ikki tomonlama namoyon bo‘ladi. Ammo ular bir tomonda kuchliroq ifodalangan bo‘lishi mumkin.
        Subtentorial meningiomalar klinikasi miyacha parenximasidan o‘suvchi o‘smalar klinikasidan farq qiladi. Miyacha parenximasidan o‘suvchi o‘smada dastlab miyacha simptomlari vujudga keladi, gipertenzion sindrom esa keyinroq rivojlanadi. Subtentorial meningiomalarda dastlab ensa-bo‘yin sohasida lokal og‘riqlar va IKG belgilari paydo bo‘ladi, keyinchalik esa miyacha ataksiyasi rivojlanadi.
        Miyacha o‘smalari va subtentorial meningiomalar kattalashgan sayin miya ustuni bosilib boradi va o‘rnidan siljiydi, likvor yo‘llari bekilib, okklyuzion gidrotsefaliya rivojlanadi. Agarda miyacha katta ensa teshigi tomon siljisa, uzunchoq miyaning pastki qismi bosilib qoladi, og‘ir bulbar sindrom rivojlanadi va bemorning nafas olishi keskin buziladi.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив