MENSTRUAL EPILEPSIYa


Menstrual epilepsiya – hayz tsiklining ma’lum bir davrida kuzatiladigan epileptik xurujlar bilan namoyon bo‘luvchi klinik sindrom. Menstrual epilepsiya, odatda, pubertat davrda rivojlanadi. Epileptik xurujlar hayz kelishi bilan paydo bo‘ladi yoki ko‘payadi, hayz o‘tib ketgach esa kamayadi yoki yo‘qoladi. Bu esa antikonvulsantlar bilan rejali tarzda davolash va terapevtik dozani to‘g‘ri aniqlashni ancha qiyinlashtiradi. Menstrual epilepsiya epilepsiyaning alohida klinik turi emas. Unga alohida urg‘u berilishiga sabab epileptik xurujlar kuchayishi yoki kamayishining estrogenlar va shu kabi boshqa gormonlar miqdoriga bog‘liqligidir. Demak, menstrual epilepsiya har qanday turdagi, ya’ni idiopatik, simptomatik yoki kriptogen epilepsiya bo‘lishi mumkin. Menstrual epilepsiyada turli toifadagi epileptik xurujlar bilan bir qatorda vegetativ paroksizmlar ham ko‘p uchraydi.
       Menstrual epilepsiyada gormonal buzilishlarni me’yorlashtirish uchun hayz boshlanishidan bir hafta oldin pregnin 10 mg dan kuniga 3 mahal til ostiga tashlash tavsiya etiladi. Bu dorini bemor hayz tugagunga qadar qabul qilib yurishi kerak.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma. Toshkent, 2018., 128 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив