Meningomielit


Mielit ko‘p hollarda meningomielit bilan ham qiyoslanadi. Mielitdan farqli o‘laroq, meningomielitda spinal simptomlar biroz engilroq ifodalangan bo‘ladi. Meningomielitda mielitga xos bo‘lgan nevrologik buzilishlar barobarida qo‘shimcha ravishda spinal meningeal belgilar, ya’ni Kernig simptomi aniqlanadi. Kernig simptomi – meningomielitning asosiy klinik simptomlaridan biri. Bu simptom bir tomonda sustroq namoyon bo‘lishi mumkin. Agar Kernig simptomi kuchli rivojlangan bo‘lsa, bemor qaddini rostlab yura olmaydi.
    Meningomielitda kuzatiladigan spinal simptomlar – ikkala tomonda pay reflekslarining oshishi, piramidal patologik simptomlarning paydo bo‘lishi, o‘tkazuvchi tipda sezgi buzilishlari bilan namoyon bo‘ladi. Tos a’zolari funktsiyasi esa saqlanib qoladi. Tserebrospinal suyuqlik tekshirilganda hujayra-oqsil dissosiatsiyasi aniqlanadi. Spinoadduktor reflekslar chaqirilishiga qarab meningomielitik jarayon orqa miyaning qaysi sohasida joylashganligini bilib olish mumkin. Ko‘pincha orqa miyaning ko‘krak segmentlari sohasi zararlanadi. Meningomielit mielitga qaraganda, biroz engil kechadi va buzilgan nevrologik funktsiyalar tez tiklanadi.
    Ba’zida meningomielit surunkali kechadi va orqa miya pardalarida chandiqlar paydo bo‘lishi bilan yakunlanadi. Bunday paytlarda bemorni davolash uchun xirurgik muolajalar qo‘llaniladi.


Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021., 312 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
              © asab.cc






Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив