Mahalliy dermografizm


Tashqi ta’sirotlarga javoban teri rangi o‘zgarishiga dermografizm deyiladi. Mahalliy dermografizm terini o‘tmas narsa bilan chizib chaqiriladi. Bir necha soniyadan so‘ng chizilgan joyda oqimtir yoki qizil dog‘ paydo bo‘ladi (12.5 (a)-rasm). Simpatik tonus ustuvorlik qiluvchilarda chizilgan joy oqarib, vagotoniklarda esa qizarib qoladi. Bu sinamani bilak, ko‘krak sohasi yoki ikkala kurak orasida tekshirish mumkin. VNS ning kuchli disfunktsiyasida chizilgan joy qizarib bo‘rtib qoladi.


Manba:  © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
               © Ibodullaev entsiklopediyasi
               © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив