Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Murakkab fokal xurujlar

Murakkab fokal xurujlar


Murakkab fokal xurujlar oddiy fokal xurujlarga o‘xshab boshlanadi va hushning buzilishi, ya’ni yo‘qolishi bilan namoyon bo‘ladi. Demak, murakkab fokal xurujlar formulasini quyidagicha ta’riflash mumkin:

MFX=OFX+HB,

bu erda: MFX – murakkab fokal xurujlar, OFX – oddiy fokal xurujlar,
HB – hushning buzilishi (yo‘qolishi).

Yuqorida ta’riflab o‘tilgan barcha harakat, sezgi, vegetativ va ruhiy buzilishlar murakkab fokal xurujlarda birmuncha yaqqol ifodalanadi va hushning buzilishi bilan kechadi. Ayniqsa, vegetativ va ruhiy buzilishlar murakkab fokal xurujlarda ko‘p kuzatiladi.
Murakkab fokal xurujlar klinikasi turli-tuman bo‘lib, ularning qay tarzda namoyon bo‘lishi epileptogen o‘choq po‘stloqning qaysi sohasida joylashganligiga bog‘liq. Biroq oddiy fokal xurujlardan farqli o‘laroq, murakkab fokal xurujlar hushning buzilishi (yo‘qolishi) bilan namoyon bo‘ladi. Avval oddiy fokal xurujlar belgilari paydo bo‘ladi-yu, keyin bemor hushini yo‘qotadi. Demak, oddiy fokal xurujlarda kuzatiladigan subektiv va obektiv simptomlar murakkab fokal xurujlar uchun aura hisoblanadi. Agar epileptogen o‘choq dominant yarim sharda joylashsa, xuruj paytida bemor nutqini ham yo‘qotadi.
Xuruj o‘tgach, bemor o‘zida xuruj qanday kechganini aytib bera olmaydi, ko‘p hollarda uning ahvoli somnolent holatda qoladi. EEG xurujlararo davrda o‘zgarmaydi, biroq pik va o‘tkir to‘lqinlar aniqlanishi mumkin. Murakkab fokal xurujlar, ko‘pincha peshona va chakka bo‘laklarining mediobazal tuzilmalari zararlanganda kuzatiladi. Chunki bu sohalar ong faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Ikkilamchi-tarqalgan xurujlarga o‘tuvchi fokal xurujlar. Fokal xurujlarni yuzaga keltirgan epileptik faollik ikkala yarim sharga ham tarqalsa, katta epileptik xuruj yuzaga keladi. Bunday xurujlar ikkilamchi-tarqalgan xurujlar hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, avval oddiy fokal xurujlar paydo bo‘lib, uning ketidan birato‘la tarqalgan xurujlar rivojlansa, bunday xurujlar ikkilamchi­tarqalgan epileptik xurujlar deb ataladi. Ayniqsa, epileptogen o‘choq peshona sohasida joylashganda oddiy fokal xurujlarning ikkilamchi-tarqalgan xurujlarga o‘tib ketishi ko‘p kuzatiladi.

Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi 
              ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив