Puerilizm
Yoshiga mos bo‘lmagan, yani bolalarga xos xarakterga ega insonlarga nisbatan puerilizm iborasi qo‘llaniladi. Agar odamning xulq-atvoridagi hislatlari uning biologik yoshidan ancha orqada qolib ketgan bo‘lsa, o‘zini tutishi bolalar yoki o‘smirlar qiliqlarini eslatsa, bunday shaxslarning psixologik yoshi biologik yoshidan orqada qolgan hisoblanadi. Ayniqsa, bolani juda erkalatib tarbiyalash yoki 14-15 yoshga kirib qolgan o‘smirga 4-5 yashar boladek munosabatda bo‘lish, uni mustaqil hayotga o‘rgatmaslik psixologik yoshning orqada qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday shaxslar ulg‘ayganda mas’uliyatsiz bo‘lib, o‘zlari mustaqil ishga qo‘l urishdan hayiqishadi, birovga qaram bo‘lib o‘sishadi, hayotda ko‘p turtilishadi. Ularni maqtasa, yosh boladek xursand bo‘lib kulishadi, yoshiga mos bo‘lmagan qiliqlar qilishadi. Bunday holatlarda puerilizm haqida so‘z boradi. Psixologik yosh orqada qolgan 10 yashar bolaning gap-so‘zlari, o‘zini tutishi 5 yashar bolani yoki 25 yashar talabaning o‘zini tutishi maktab o‘quvchisi qiliqlarini eslatadi. Ular o‘zidan kichik yoshdagilar bilan o‘ynashni xush qo‘rishadi, xatti-harakatlari isterik shaxslarni eslatadi, engiltak bo‘lishadi, jiddiy ishlarga yuzaki qarashadi yoki qo‘l urishmaydi, tengdoshlari ularga (ayniqsa, qiz bola bo‘lsa) tegajoqlik qilib yurishni xush qo‘rishadi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha