Psoit
Psoit – yonbosh-bel muskuli (m. iliopsoas) yallig‘lanishi. Yonbosh-bel muskuli chanoqning oldingi guruh muskullariga kiradi. Uning yuqori qismi umurtqa pog‘onasining bel umurtqalaridan (L1–L4) boshlanib, pastga tushib keladi va chanoqning ichidan o‘tib, son suyagining kichik ko‘stiga yopishadi. Yonbosh-bel muskulining vazifasi sonni oldinga bukish va qisman tashqariga burishdan iborat. Ushbu muskulning yallig‘lanishida kuydiruvchi og‘riqlar paydo bo‘ladi. Muskulning tonik qisqarishi sababli oyoq chanoq-son bo‘g‘imida bukilib ichkariga buralib qoladi. Uni yozish va tashqariga burish juda chegaralangan bo‘lib, ba’zida imkoni bo‘lmaydi. Bu holat nafaqat m. iliopsoas yallig‘lanishi, balki muskul atrofida joylashgan a’zolar yallig‘lanishi (paranefrit, kichik tos abstsesslari) va o‘smalarda ham kuzatiladi. Psoit uchun irradiatsiya qiluvchi radikulyar og‘riqlar va tortilish simptomlari xos emas.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha