Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi PSIXOLOGIK IMMUNITET NIMA?

PSIXOLOGIK IMMUNITET NIMA?


“Immuniteti past odam darrov shamollab qoladi” deyishadi. Buni hammamiz bilamiz. Psixologik immunitet haqida eshitganmisiz? Sal gapga arazlaydigan, yig‘laydigan va shu sababli darrov janjallashib ketadigan odamlarning psixologik immuniteti o‘ta past bo‘ladi. Bundaylar darrov nevroz kasalligiga chalinishadi, depressiyaga tushib qolishadi va ulardan psixologik yordamsiz chiqishga ancha qiynalishadi. Psixologik immunitetni qanday qilib oshirish mumkin? Agar tana immuniteti jismoniy chiniqish orqali kuchaytirilsa, psixologik immunitet ruhiyatni chiniqtirish orqali kuchaytiriladi. Xo‘sh nima qilish kerak? Psixologik immunitet qanday yo‘llar bilan kuchaytiriladi? 
Avvalo, inson ilmli bo‘lishi kerak. Masalan, “oliy ma’lumotli” degani hali “Ilmli” degani emas. Har bir inson, ayniqsa, yoshlar tarbiya borasidagi kitoblarni o‘qib, ibrat beruvchi hikoyalarni tinglab, hayot tajribasiga ega bo‘lgan insonlar suhbatini tinglab, kattalar o‘gitiga amal qilib yashasa, unda psixologik immunitet shakllanib boradi. Bunday odamlar kuchli xarakter sohiblariga aylanishadi. Ularni xafa qilish o‘ta mushkul, ular hayot zarbalariga o‘ta bardoshli bo‘ladi, ko‘zlagan maqsadiga sobitqadamlik bilan erishadi. Ilm, ko‘nikma va hayot tajribasi asosida qilingan har qanday xulosa psixologik immunitetni yanada kuchaytiradi, boz ustiga imli odamni hech kim so‘ndira olmaydi, kuchi ham etmaydi. Bundaylarga hammaning havasi keladi, har kim ularga o‘xshashga harakat qiladi, hatto yoshi katta insonlar ham ularning suhbatiga sherik bo‘lishga intilishadi. 
Siz bu misralarni endi o‘qiyotgan bo‘lsangiz va yoshingiz 30 yoki 40 dan oshib qolgan bo‘lsa ham hech achinmang. Haliyam kech emas. Siz bugundan boshlab o‘z psixologik immunitetingiz ustida ishlashingiz mumkin. Buning uchun buyuk insonlar hayoti, donolar bisotidan, hikmatlar xazinasi, asab va ruhiyat, ruhiy tarbiya kabi kitoblarni mutoala qiling. So‘ngra avvalgi hayotingizga bir nazar tashlang, qaerda xatoga yo‘l qo‘ydingiz, qaerda sizni kim xafa qildi va nega xafa qildi, balki shu vaziyatga tushishga sizning o‘zingiz aybdordirsiz va h.k. Ishonamanki, siz o‘z ustingizda ishlab kuchli shaxsga aylanasiz va ushbu shaxs himoyachisi – bu Sizning immunitetingiz bo‘ladi!

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab va ruhiyat., 4-nashr. Ilmiy-ommabop risola. T, 311 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi
                 © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив