Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Psixosensor buzilishlar

Psixosensor buzilishlar


Psixosensor buzilishlarga quyidagilar kiradi: depersonalizatsiya, derealizatsiya, anozognoziyalar kiradi. 
  1. Depersonalizatsiya sindromida bemor o‘z shaxsini yanglish idrok etadi, ya’ni uning tanasi ikkiga bo‘lingandek, go‘yo biri o‘ziga bo‘ysunmayotgandek va boshqa odamning tanasidek his qiladi. Ularda tana tuzilishini to‘g‘ri idrok qilish ham buziladi: qo‘li yoki oyog‘i kattalashib ketgandek, birovning qo‘lidek, yotgan paytlari yonida qo‘l emas, xuddi yog‘och yotgandek tuyuladi. Bemorga «axir bu qo‘lingiz-ku, yog‘och bunaqa bo‘lmaydi-ku, desa, to‘g‘ri, lekin men qo‘limni xuddi yog‘ochdek his qilyapman», deydi. Demak, ularda tanqidiy fikr saqlangan bo‘ladi. Depersonalizatsiya sindromi bosh miyaning o‘ng yarim shari (o‘naqaylarda) zararlanganda kuzatiladi.
  2. Derealizatsiya – bemorlar borliqdagi narsalar va vaziyatni taniydilar, biroq bu vaziyat ularga boshqacha tuyuladi. Atrof-muhitdagi hamma narsa noaniq, begona, tushunarsiz, go‘yoki parda bilan o‘ralgandek go‘yo, o‘zi yashayotgan joy va u erdagi tanish odamlarni ham begonadek his qiladi. Depersonalizatsiya va derealizatsiya shizofreniya, epilepsiya kasalliklarida, depressiv holatlarda ko‘p uchraydi.
  3. Anozognoziyalar. Anozognoziya o‘z kasalligi belgilarini anglamaslik, degan ma’noni bildiradi. Bosh miya o‘ng yarim sharining parietal sohasi zararlanganda kuzatiladigan bu holatda bemor o‘z tanasidagi kamchiliklarni idrok qilmaydi, ya’ni inkor qiladi. Chap tomoni ishlamay yotgan bo‘lsa-da, men hozir yurib keldim, deb uqtiradi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
            © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
            ©asab.cc)

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив