Parasomniya


Uyqu paytida ro‘y beradigan turli xil psixomotor qo‘zg‘alishlarga parasomniya deb aytiladi. Bu qo‘zg‘alishlar epileptik xususiyatga ega emas. Uni tungi epileptik xurujlar bilan adashtirmaslik kerak. Parasomniyalarga uyqu paytida oyoq-qo‘llar, bosh va tanani qimirlatib yotish, titrab ketish, tishlarni g‘ijirlatish, tungi qo‘rquv va turib yurishlar, katapleksiya (oyoq-qo‘llarning qimirlamay qolishi) kiradi. Bunday holatlar sog‘lom odamlarda ham kuzatiladi va maxsus davolashni talab qilmaydi. Faqat tez-tez qo‘rqib uyg‘onish va psixomotor qo‘zg‘alishlarda yotishdan oldin sedativ dorilar yoki trankvilizatorlar tavsiya etiladi.  


Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
             © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; 
             ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha