Passiv harakatlarni tekshirish
Bemorning turli bo‘g‘imlarida vrach tomonidan bajariladigan harakatlarga passiv harakatlar deyiladi. Bemordan faol harakatlar qilmasdan tinch o‘tirish so‘raladi. Demak, faol harakatlarni bemorning o‘zi mustaqil bajarsa, passiv harakatlarni bemorda vrachning o‘zi bajarib o‘rganadi. Farqi ana shunda.
Passiv harakatlarni tekshirishdan asosiy maqsad – turli bo‘g‘imlarda harakatlar hajmi va muskullar tonusini o‘rganishdir. Harakatlar hajmi bo‘g‘imlar kontrakturasi, suyaklar jarohati, pay cho‘zilishi, muskullarning spastik yoki plastik gipertonusida chegaralanadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha