Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi PENUMBRA VA TERAPEVTIK DARChA

PENUMBRA VA TERAPEVTIK DARChA


Agar miya to‘qimasiga qon oqib kelishi 6-8 daqiqaga to‘xtasa, miyada qaytmas jarayonlar ro‘y bera boshlaydi, ya’ni miya to‘qimasi halok bo‘ladi. O‘lgan to‘qimaning atrofida qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan ishemik soha, ya’ni penumbra shakllanadi. Bu sohada mikrotsirkulyatsiya saqlangan bo‘ladi va u neyronlar faoliyatini bir necha soatgacha (odatda 3 soatgacha) ta’minlab turadi. Biroq bu vaqt ularning to‘la faoliyat ko‘rsatishi uchun etarli emas. Agar penumbra sohasi kislorod va boshqa oziqlantiruvchi moddalar bilan etarli miqdorda darrov ta’minlansa, neyronlarni halok bo‘lishdan saqlab qolish mumkin. Tserebral ishemiya rivojlangan dastlabki 3 soat ichida yordam ko‘rsatib, infarkt shakllanishidan saqlab qolish mumkin bo‘lgan davrga «terapevtik darcha» davri deb ataladi. Agar bu davrda yordam ko‘rsatish kechiktirilsa, penumbra sohasidagi neyronlar ham o‘ladi, ishemik infarkt sohasi kengayadi va keyingi davolash muolajalari samarasi pasayadi. Penumbra shakllanish bosqichini PET yordamida kuzatib borish mumkin.

Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Insult va koma. Qo`llanma. Toshkent, 2014., 193 b. 
      © Ibodullayev ensiklopediyasi 
       © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив