Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi PERDIAPEDEZ GEMORRAGIYa

PERDIAPEDEZ GEMORRAGIYa


Arterial gipertenziyada perdiapedez gemorragiya quyidagi tartibda rivojlanadi: AQB to‘satdan oshganida arteriyalarda avvaliga spazm paydo bo‘ladi, keyinchalik ular kengayib staz rivojlanadi, qon oqishi sekinlashadi va tomir devorlarining o‘tkazuvchanligi oshadi. Tomir devorlaridan qon elementlari (asosan, eritrotsitlar) tashqariga sizib chiqa boshlaydi. Bunga perdiapedik gemorragiya deb aytiladi. Leykozda perdiapedik gemorragiya rivojlanishi uchun qon bosim oshishi shart emas.
Perdiapedik gemorragiyalar, odatda, katta sohani egallamaydi, ular ko‘pincha mayda o‘choqlar ko‘rinishida bo‘ladi va, asosan, arteriyalarning venalarga o‘tish qismida rivojlanadi. Perdiapedik qon quyilishlar, ko‘pincha, bosh miyaning oq va kulrang moddasi chegarasida ro‘y beradi. Chunki bu sohalar arteriyalarning venalarga o‘tish joylariga to‘g‘ri keladi. Bunday gemorragiyalar bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i, ko‘ruv do‘ngligi va po‘stlog‘osti tugunlarida ko‘p kuzatiladi.



Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b. 
             © Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma. Toshkent, 2017., 404 b. 
             © Z. Ibodullayev. Insult va koma. Toshkent, 2014, 193 b. 
             © Ibodullayev ensiklopediyasi    © asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив