Periferik tipdagi sezgi buzilishlari
Bunday buzilishlar periferik nervlar, chigallar, spinal gangliya, orqa ildizcha va spinal nerv zararlanganda kuzatiladi.
- Periferik nerv zararlanishi. Ushbu nerv innervatsiya qiluvchi sohada, ya’ni dermatomda sezgi buzilishlari (gipesteziya, giperesteziya, anesteziya) va og‘riqlar kuzatiladi. Bunga nevral tipdagi sezgi buzilishi deyiladi. Bir necha nervlar zararlansa, polinevritik tipdagi sezgi buzilishi rivojlanadi. Masalan, qandli diabetdagi "paypoqcha va qo‘lqopcha" tipda sezgi buzilishi.
- Chigallar zararlanishi. Chigal tarmoqlari innervatsiya qiluvchi sohada kuchli og‘riqlar va barcha turdagi sezgi buzilishlari ro‘y beradi. Zararlanish darajasiga qarab falajliklar ham kuzatiladi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha