Paxion granulyatsiyalar
Araxnoidal pardadan qattiq parda tomon chiqqan ko‘p bo‘rtiqchalar bor. Bunga paxion (araxnoidal) granulyatsiyalar (granulation arachnoidales) deyiladi. Paxion granulyatsiyalar qattiq parda devorini surib sinuslar ichiga kiradi. Ular orqali subaraxnoidal bo‘shliqdan likvor sinuslar ichiga sizib o‘tib turadi. Araxnoidal parda yumshoq parda bilan biriktiruvchi to‘qimadan iborat trabekulalar orqali bog‘langan. Arachnoidea va pia mater katta yarim sharlarning konveksital yuzasida, ayniqsa, pushtalar ustida bir-biriga juda yaqin joylashadi va birlashib ketadi. Pia mater dan farqli o‘laroq, arachnoidea katta yarimsharlar egatlari va pushtalari relefini takrorlamaydi. Ushbu ikkala parda orasida joylashgan bo‘shliqqa subaraxnoidal bo‘shliq (cavum subarachnoidal) deyiladi. Unda likvor aylanadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha