Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi Posttravmatik stress buzilishlari (F43.1)

Posttravmatik stress buzilishlari (F43.1)


Posttravmatik stress buzilishlari – haddan ziyod kuchli stress oqibatida rivojlangan ruhiy buzilishlar. Buning asosiy sabablari – bemor ko‘z oldida ro‘y bergan qotilliklar, birovga yoki o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qiynoqlar, uning hayotiga havf soluvchi holatlar va jangovor voqealar, zilzila yoki boshqa halokatlar sababli yaqinlaridan judo bo‘lish va h.k. Demak, o‘zi yoki eng yaqin insonining hayotiga havf soluvchi keskin vaziyatlar ushbu buzilishlar sababchisi bo‘ladi. Ruhiy jarohat belgilari darrov emas, balki keyinchalik, ya’ni bir necha hafta yoki oydan so‘ng rivojlanadi. Albatta, uning qay tarzda namoyon bo‘lishi shaxs tipiga ham bog‘liq. O‘ta ta’sirchan va astenik tipdagi shaxslarda ushbu buzilishlar tez rivojlanadi, og‘ir kechadi va uzoq davom etadi.
Uning simptomlari qanday namoyon bo‘ladi? Bo‘lib o‘tgan voqealar bemorning ko‘z oldiga kelaveradi, ularni azob bilan eslaydi, yomon tush ko‘rib uyg‘onib ketaveradi, voqealarni yig‘lab eslaydi, ularni unutishga harakat qiladi, biroq voqealar ko‘z oldida qayta namoyon bo‘lib, yana kuchli affekt holatiga tushadi. Bemor o‘sha voqealar bilan yashaydi, real hayotdan uzilib, o‘zga voqelikka tushib qoladi, yaqinlari bilan gaplashmay qo‘yadi, bo‘lib o‘tgan voqeaga o‘xshash, holatni eslatuvchi vaziyatlar yoki ko‘rsatuvlar ko‘rsa, uning ahvoli yana og‘irlashib qoladi. 
Qo‘rqib uyg‘onib ketish, tunda baqirib yuborish, o‘sha vaziyat bilan bog‘liq alahsirashlar ko‘p kuzatiladi. Qo‘rquv, xavotir va keyinchalik depressiya qo‘shiladi. Bemor bu azoblardan qutulish uchun ba’zida o‘z joniga qasd qiladi. Vaqt o‘tishi bilan kasallik belgilari asta-sekin barham topadi. Biroq gipnoterapiya yordamida davolash yaxshi samara beradi. 



Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.    © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив