PSIXOSOMATIK TIBBIYoT


Bugungi davrda psixosomatik kasallik haqida so‘z ketganda, o‘tkir yoki doimiy stress sababli rivojlangan organik kasalliklar tushuniladi, ya’ni  xafaqon kasalligi, bronxial astma, yara kasalligi, qandli diabet va hokazo. Psixosomatik sindrom deganda esa o‘tkir yoki doimiy stress sababli turli a’zolarda rivojlangan funktsional buziilshlar tushuniladi. Bu atamaning sinonimlari juda ko‘p va xilma-xil: “psixovegetativ sindrom”, “somatogen depressiya”, “niqoblangan depressiya”, “vegetonevroz”, “vegetativ distoniya”, “somatonevroz” yoki “somatoform buzilishlar” va hokazo. Agar funktsional buzilishlar somatik kasallik sababli rivojlansa, u holda somatopsixik sindrom atamasini qo‘llash tavsiya etiladi. Lekin bu atama klinik tibbiyotda juda kam ishlatiladi. 
Somatoform buzilishlar tasnifi 
KXT-10 da psixosomatik buzilishlar degan atama yo‘q. Ular  F40-48 kodi ichida mavjud. Uning F45 kodi “Somatoform buzilishlar” deb yuritiladi. 

1-jadval. KXT-10 bo‘yicha somatoform buzilishlar tasnifi

#
F45
Somatoform buzilishlar turlari

1
F45.0
Somatizatsiyalashgan buzilishlar
2
F45.
1
Differentsiyalanmagan somatoform buzilishlar
3
F45.2
Ipoxondrik buzilishlar
4
F45.3
Vegetativ nerv sistemasining somatoform disfunktsiyasi
5
F45.4
Turg‘un somatoform og‘riqli sindrom
6
F45.8
Boshqa somatoform buzilishlar
7
F45.9
Aniqlashtirilmagan somatoform buzilishlar


Izoh: Klinik tasniflarda bu atamalar qaysi sindrom ustun kelishiga qarab o‘zgartirib keltiriladi. 



Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.  
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив