Ta’sirchan (qo‘zg‘aluvchan) shaxs
Jizzaki, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olmaydigan, qo‘pol, janjalkash va tez g‘azablanadigan kishilardir. Ularning xulq-atvorida instinktiv intilishlar ustun turadi. Ular badfe’l va zaharxanda kishilar bo‘lib, birov bilan osonlikcha murosaga borishmaydi, doimo janjalning o‘rtasida bo‘lishadi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchilardir, aksariyat hollarda esa janjalning muallifi ularning o‘zi bo‘lib chiqishadi. Jamoada tez-tez yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sababli bir joyda uzoq ishlay olishmaydi. Ularda verbal va noverbal reaktsiyalar ancha sust bo‘ladi, shuning uchun ham odamlar bilan bemalol til topishib keta olishmaydi. Ular biror yumushga ishtiyoq bilan kirishmaydi, ishga ham zarurat uchun borishadi, biror sohani yoki ilmni o‘zlashtirishga ham qiziqish bo‘lmaydi. Kelajakka befarq, bugungi kun bilan yashashadi, ko‘ngillari o‘yin-kulgi va vaqtichog‘likni istaydi. Hamma bilan til topishavermagach o‘zilaridan kuchsizroq odamlar bilan muloqot qilishga va ularni o‘ziga bo‘ysundirishga intilishadi. Yuqori darajada qo‘zg‘aluvchan bu shaxslarni boshqarish qiyin bo‘lib, ularning xatti-harakatlari atrofdagilar va jamoa obro‘si uchun havfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha