Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi IV qorincha o‘smalari

IV qorincha o‘smalari


Bu soha o‘smalari eng xavfli o‘smalar sirasiga kiradi. Chunki IV qorincha tubida hayotiy muhim markazlar joylashgan. Bu soha o‘smalarida Lyushko va Majandi teshiklari bekilishi hisobiga gipertenzion-gidrosefal sindrom (okklyuzion gidrotsefaliya) tez riojlanadi.
   Miya ustunidagi qusish markazlari qo‘zg‘alishi sababli ketma-ket qusishlar kuzatiladi. Bemor boshini qaysi tomonga harakat qildirsa ham qusish ro‘y beraveradi. Qusish IV qorincha o‘smalari uchun xos bo‘lgan Bruns sindromining asosiy belgilaridan biridir. IV qorincha o‘smalarida Bruns sindromi boshning vaziyati o‘zgarganda (ko‘pincha, boshni oldinga engashtirsa) likvor yo‘llarining IV qorinchadan chiqish qismi yopilib qolishi sababli to‘satdan paydo bo‘ladi. Bruns sindromining asosiy belgilari – to‘satdan paydo bo‘luvchi kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qusish, taxiaritmiya yoki bradiaritmiya, bradipnoe, yuzda tsianoz, terga botish va qisqa vaqt hushdan ketish. Bemor boshini yana avvalgi holatga qaytarsa, ya’ni orqaga buksa, likvor yo‘llari yana ochilib bemorning ahvoli yaxshilanadi. Bu sinamani tekshirayotganda bemor to‘satdan o‘lib qolishi ham mumkin. Bunday bemorni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirayotganda uning boshi tagiga baland bo‘lmagan bitta yostiq qo‘yib, gorizontal holatda olib o‘tish kerak. Barcha tekshiruvlar zudlik bilan o‘tkazilishi va tibbiy (neyroxirurgik) yordam zudlik bilan ko‘rsatilishi lozim.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi
              ©asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив