Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi SAYYoR NERV NEVROPATIYaSI

SAYYoR NERV NEVROPATIYaSI


Sayyor nerv (n.vagus) barcha kranial nervlar ichida eng uzuni hisoblanadi. Sayyor nerv difteriya, porfiriya, metabolik buzilishlar, umurtqa arteriyasi anevrizmasi va anomaliyasi vertebrobazilyar insult va o‘smalarda ko‘p zararlanadi. Sayyor nerv tarmoqlari juda ko‘p bo‘lib, ularning ichida hiqildoqning yuqori nervi (n. laryngeus superior) va hiqildoqning qaytuvchi nervi (n. laryngeus recurrens) zararlanishlari ko‘proq uchraydi. 
   Hiqildoqning yuqori nervi nevralgiyasi. Hiqildoqning yuqori nervi sezgi, harakat va parasimpatik tolalardan iborat bo‘lib, ichki uyqu arteriyasining orqa tomonidan o‘tadi va hiqildoqqa boradi. Uning harakat tolalari hiqildoq va halqum muskullarining bir qismini innervatsiya qilsa, sezgi va parasimpatik tolalari, asosan, hiqildoqning ustki va tilning orqa qismlarini innervatsiya qiladi. Hiqildoqning yuqori nervi ko‘pincha ichki uyqu arteriyasi va yuqori hiqildoq sohasida o‘tkaziladigan xirurgik operatsiyalardan so‘ng zararlanadi. Ba’zida uning sababi aniqlanmay qoladi. Kasallik hiqildoq sohasida 12 mon tog‘ayning yuqori qismi sohasida hiqildoqni yon tomondan bosib tekshirish mumkin. Bunda og‘riq xuruji yana qo‘zg‘aydi.
    Hiqildoqning qaytuvchi nervi nevropatiyasi. Hiqildoqning qaytuvchi nervi ham harakat, sezgi va parasimpatik tolalardan iborat bo‘lib, bo‘yin va ko‘krak qafasi ichida joylashgan yirik qon tomirlar (arcus aortae, a. subclavia) yonidan o‘tadi. N. laryngeus recurrens ushbu sohada joylashgan bir qancha simpatik gangliyalar va n. laryngeus superior  bilan anastomozga ega. Ushbu nervlar qon tomir chigallarini ham innervatsiya qiladi. Shuning uchun ham angioxirurgiya va kardioxirurgiya amaliyotida bu nervlar zararlanishi uchrab turadi. Ayniqsa, aorta anevrizmasi, bo‘yin va ko‘krak qafasida o‘tkaziladigan xirurgik operatsiyalarni bunga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Biroq 30% holatlarda kasallik sababi aniqlanmay qoladi. Bunday paytda idiopatik nevropatiya haqida so‘z boradi. Kasallikning asosiy klinik belgisi – ovoz yo‘qolishidir. Agar da bir tomondagi qaytuvchi nerv zararlansa, disfoniya, ikkala tomondagi qaytuvchi nerv ham zararlansa, afoniya rivojlanadi. Disfagiya kuzatilmaydi. Og‘riqlar ham bo‘lmaydi. Hiqildoqning yuqori nervi zararlanishi uchun kuchli og‘riqlar xos bo‘lsa (shu bois nevralgiya deyiladi), hiqildoqning qaytuvchi nervi zararlanishi uchun bunday og‘riqlar xos emas (shu bois, nevropatiya deyiladi), balki disfoniya va afoniya xos. Shu belgilarga qarab ikkala kasallik orasida qiyosiy tashxis o‘tkazish mumkin.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc


Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив