Sakroileit


Sakroileit – dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi yallig‘lanishi. Dumg‘aza va chanoq suyaklarining quloqsimon yuzasi bir nechta bog‘lamlar (ligamentum sacroiliacae) orqali bir-biriga birikkan. Ushbu birikkan joylarda dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi (articulatio sacroiliaca) hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘im turli xil infeksiyalarda yallig‘lanadi va bel-dumg‘aza pleksopatiyasiga o‘xshash klinik simptomlar bilan namoyon bo‘ladi. Og‘riq dumg‘aza sohasida paydo bo‘ladi va dumg‘aza suyaklarini perkussiya qilganda hamda gavdani oldinga engashtirganda kuchayadi. Og‘riq tik turganda ham kuchayadi yoki paydo bo‘ladi. Oyoqni yon tomonlarga burganda dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi sohasida og‘riqlar kuzatiladi. Sakroileitda radikulyar simptomlar aniqlanmaydi, og‘riqlar nerv tutamlari bo‘ylab irradiatsiya qilmaydi, reflekslar va muskullar tonusi o‘zgarmaydi.



Manba:   ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc




Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив