Spinal tugun
Spinal tugun (ganglion spinale) umurtqa kanali ichida joylashgan. Spinal tugun radix dorsalis ning kengaygan qismidek ko‘rinadi. Uning ichida sezgi neyronlari, ya’ni psevdounipolyar hujayralar to‘plangan. Ularning har biridan bittadan o‘siqcha chiqib shu zaxoti ikkiga ajraladi. Bu holat xuddi T harfini eslatadi. Uning markaziy o‘siqchalari, ya’ni aksonlari orqa ildizchani hosil qilib orqa miyaga kiradi. Periferik o‘siqchalari, ya’ni dendritlari periferiyaga qarab yo‘naladi va spinal nervni hosil qilishda ishtirok etadi.
Manba: © Z. Ibodullaev. Umumiy nevrologiya. Darslik. Toshkent, 2021.,312b
© Ibodullaev entsiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha