Stressga o‘tkir reaktsiya
O‘ta kuchli psixologik stressga javoban ruhan sog‘lom odamda rivojlanadigan va bir necha soat yoki 2-3 kun ichida o‘tib ketadigan holat stressga o‘tkir reaktsiya deb aytiladi. Uning sabablari juda ko‘p. Masalan, jinsiy zo‘ravonlik, hayotiga tajovuz qilish, kuchli tabiiy ofatlar ostida qolish, uyga o‘g‘ri tushishi va h.k. Demak, inson hayotiga va salomatligiga havf soluvchi har qanday kuchli va to‘satdan kuzatilgan voqelik shu holatni keltirib chiqarishi mumkin. Stressga o‘tkir reaktsiya ko‘pincha psixologik stupor va mutizm bilan namoyon bo‘ladi. Ba’zi holatlarda dissotsiativ amneziya rivojlanadi. Agar 3 kun o‘tgach, stressga bo‘lgan reaktiv belgilar barham topmasa va kasallik davom etaversa, bemorga boshqa tashxis qo‘yiladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y;
©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha