SUVChEChAKDA ENTsEFALIT
Etiologiyasi. Suvchechakni Herpes viridae oilasiga mansub varicella zoster virusi chaqiradi. Bu entsefalit yosh bolalarda ko‘p kuzatiladi.
Klinikasi. Suvchechakda markaziy nerv sistemasining zararlanishi meningoentsefalit, entsefalit va entsefalomielit ko‘rinishida kechadi. Nevrologik buzilishlar kasallikning 5–8-kunlari boshlanadi. Entsefalit gemiparez, giperkinezlar, miya ustuni va miyacha simptomlari bilan namoyon bo‘ladi. Entsefalitik simptomlar boshlanishidan oldin, odatda, meningitga xos belgilar, ya’ni meningeal simptomlar, epileptik xurujlar, psixomotor qo‘zg‘alishlar yuzaga keladi.
Umuman olganda, postekzantem (qizilcha, qizamiq, suvchechak) entsefalitlar klinikasi, kechishi, davolash usullari va prognozi deyarli bir xildir. Ular faqat etiologik jihatdan farq qiladi, xolos
Manba: © Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi
© asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha