Semantik afaziya


Semantik afaziya (SemA). Semantik afaziyaning asosiy belgisi so‘zlarni bir-biriga bog‘lanishi, ya’ni konstruksiyasining buzilishidir. Bunda artikulyator va akustik buzilishlar kuzatilmaydi. K. Goldshteyn  (1948) afaziyaning bu turini tafakkur yetishmovchiligi deb atagan. Odatda, ekspressiv nutq saqlanib qoladi, bemor so‘zlashi va oddiy gaplarni tushunishi mumkin. Semantik afaziyada bemor tarkibida «ustida», «tagida», «yuqorida», «pastda», «oldida», «yonida», «dan» kabi so‘z va qo‘shimchalari bo‘lgan jumlalarni o‘qib tushunmaydi. Masalan, bemor «aylana ustida xoch», «xoch aylana tagida», «tundan so‘ng kun keladi», «pashsha fildan kichik» kabi gaplarda farq sezmaydi. Shuningdek, «ruchka qalamdan uzunroq», «Lola Ergashdan oqroq» kabi gaplar orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qila olmaydi.
      Bemor qalam va ruchkani ko‘rsating, degan ko‘rsatmani to‘g‘ri bajaradi, lekin «qalam bilan ruchkani» yoki «ruchka bilan kitobni» ko‘rsating, degan jumlalarni tushunmaydi va bajara olmaydi.



Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b. 
              ©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b. 
           © Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc

Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив