SIMPTOMATIK EPILEPSIYa
Simptomatik epilepsiya – bosh miya zararlanishlari sababli rivojlangan epilepsiya. Kasallikning asosiy sabablari – bosh miya jarohatlari, o‘smalari, qon-tomir kasalliklari, degenerativ kasalliklar, metabolik va toksik entsefalopatiyalar. Simptomatik epilepsilar, asosan, fokal xurujlar bilan namoyon bo‘ladi. Tarqalgan epileptik xurujlar esa kam uchraydi.
Simptomatik epilepsiyaning 2 turi farqlanadi:
1) Simptomatik fokal epilepsiya
2) Simptomatik tarqalgan epilepsiya
A) Simptomatik fokal epilepsiya turlari
• Peshona epilepsiyasi
• Chakka epilepsiyasi
• Tepa epilepsiyasi
• Ensa epilepsiyasi
• Kojevnikov epilepsiyasi
B) Simptomatik tarqalgan epilepsiya turlari
• Erta mioklonik epilepsiya
• Go‘daklik davri epileptik entsefalopatiyasi (Otaxara sindromi)
• Boshqa turlari
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik., 2-nashr., T.; 2021., 960b.
©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha