Yangiliklar Ibodullayev ensiklopediyasi SIMPTOMATIK FOKAL EPILEPSIYa

SIMPTOMATIK FOKAL EPILEPSIYa


Simptomatik fokal epilepsiyalar – epileptogen o‘choq bosh miyaning aniq bir sohasida joylashganligi sababli ro‘y beradigan sababi ma’lum epilepsiyalar. EEG da deyarli har doim fokal epileptik faollik aniqlanadi.
Simptomatik fokal epilepsiyalarga xos belgilar:
      •    Stereotip, ya’ni bir xil tipdagi xurujlar kuzatilishi.
      •    To‘satdan ro‘y berishi (ko‘pincha, aurasiz).
      •    Qisqa vaqt, ya’ni 30-60 soniya davom etishi.
      •    Ko‘p takrorlanishi.
      •    Avtomatizmlarning ko‘p kuzatilishi.
      •    Vaqt tanlamasligi (uyquda ham, kunduz kuni ham kuzatilaveradi).
      •    Ikkilamchi-tarqalgan xurujlarga o‘tib ketishi.
    Simptomatik fokal epilepsiyalarda avtomatizmlar ko‘p uchraydi (har xil mimik harakatlar, velosiped haydagandek harakatlar, yurib ketish, chapak chalib yuborish, er depsinish, o‘z o‘qi atrofida aylanish yoki xonada aylanib yurish, gapirib yuborish va h.k.). Avtomatizmlar paytida xotira yo‘qolganligi bois, bemor nimalar qilganini eslay olmaydi.


Manba:  ©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. 2-nashr. Darslik, Toshkent, 2021., 960 b.
              ©Z. Ibodullayev. Nevrologiya. Qo`llanma., Toshkent, 2017., 404 b.
              ©Z. Ibodullayev. Epilepsiya. Qo`llanma., Toshkent, 2018., 128 b.
              © Ibodullayev ensiklopediyasi ©asab.cc



Ctrl
Enter
Хато топдизнигзми?
Матнни танланг ва Ctrl+Enter тугмачаларини босинг
MUHOKAMALAR
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Hech qanday izoh yo‘q. Siz birinchi bo‘lishingiz mumkin!
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив