Simpatikotoniklar
Simpatikotoniklarga xos belgilar bolalik davridayoq yaqqol ko‘zga tashlana boshlaydi. Ular qizg‘in xarakterga ega, atrofdagi voqealar va o‘ziga bo‘lgan munosabatlarga darhol reaktsiya beradigan, kayfiyati tez o‘zgarib turadigan, og‘riqlarga sezgir, fikri tez chalg‘iydigan shaxslardir. Bunday odamlarda sangvinik va xoleriklarga xos xulq-atvorni kuzatish mumkin. Bu belgilar giperstenik nevroz belgilariga ham o‘xshab ketadi. Stressli vaziyatlarda ularning qorachiqlari kengayib og‘zi quriydi, rangi oqaradi, yurak urishi tezlashadi va sanchib og‘riydi, AQB ko‘tariladi, boshi va tanasi qizib ketadi, oyoq-qo‘llari esa “muzlab” qoladi va uvishadi. Stressli vaziyat o‘tib ketgach, bemorning qovug‘i bo‘shashib hojatxonaga yuguradi.
Simpatikotoniklar yaxshi ishtahaga ega bo‘lsa-da, deyarli semirishmaydi va astenik tana tuzilishiga ega bo‘lishadi. Buning asosiy sababi ularda moddalar almashinuvining tezligi bilan izohlanadi. Ularni ko‘pincha atonik qabziyat va meteorizm bezovta qiladi. Terisi oqimtir tusga ega va doimo quruq, oyoq-qo‘llarining uchi sovuq va tez uvishadigan bo‘ladi. Ob’ektiv tekshirishlar kuchli oq dermografizmni ko‘rsatadi. Vestibulyar va respirator buzilishlar xos emas. EKG – sinusli taxikardiya, R-Q intervali qisqargan, ST segmenti izometrik chiziqdan pastga siljigan va T tish silliqlashgan bo‘ladi.
Manba: ©Z. Ibodullayev. Tibbiyot psixologiyasi. Darslik., 3-nashr., T.; 2019., 494b.
©Z. Ibodullayev. Asab kasalliklari. Darslik., 2-nashr., T.; 2021., 960b.
©Z. Ibodullayev. Umumiy nevrologiya. Darslik. T.; 2021., 312b.
© Ibodullayev ensiklopediyasi., 2022 y; ©asab.cc
Izohlarning minimal uzunligi 50 ta belgidan iborat. sharhlar boshqariladi
Qiziq maqolalar
"Ibodullayev ensiklopediyasi" bo‘limi bo‘yicha